Перейти к основному содержанию
TASIMO Olympiads

Материалы · Для учителей

“E Voh — 2026” o‘zbek tili va adabiyoti olimpiadasiМатериалы 1-го этапа

Экзамен завершён: вопросы открыты вместе с правильными ответами. Проверьте свои знания.
  • 1-й этап · Онлайн
  • 25 вопросов

Вопросы онлайн-теста

Экзамен завершён — вопросы открыты вместе с правильными ответами. Сначала попробуйте решить сами, затем проверьте ответы.

Вопросы
25
Всего баллов
100
Время
60 минут
Дата экзамена
15 октября 2026 г.19:00 по ташкентскому времени

Вопросы представлены на узбекском языке.

Открыто ответов: 0 из 25

  1. Вопрос 1

    “Ojiz ko‘zlar” she’ridagi ikkinchi ko‘chirma gap haqida TO‘G‘RI hukmni toping.

    Ko‘zidan shikoyat qilar qariya:

    “Menga nima bo‘ldi, hayronman o‘zim.

    Hov uzoqda turgan kulrang Neksiya

    Raqamini yaxshi ilg‘amas ko‘zim”.

    Uni o‘rab olgan bir to‘p o‘g‘il-qiz

    Xo‘rsinib tinglashar cholning so‘zini.

    “Ey, otaxon, – derlar, – biz ko‘rmayapmiz

    O‘sha Neksiyaning hatto o‘zini”.

    1. A

      Muallif gapi ko‘chirma gapdan oldin kelgan, ko‘chirma gap qo‘shtirnoqsiz yozilgan.

    2. B

      Muallif gapi ko‘chirma gap o‘rtasida kelgan, ikki tomondan tire bilan ajratilgan

    3. C

      Muallif gapi ko‘chirma gapdan keyin kelgan va vergul bilan ajratilgan

    4. D

      Ko‘chirma gap o‘zlashtirma gapga aylantirilgan, muallif gapi tushirilgan

    4 балла
  2. Вопрос 2

    “Nasihat” she’ridagi fonetik tamoyil asosida yozilgan fe’llar haqida berilgan TO‘G‘RI hukmni toping.

    Baxt arshiga chiqqanning

    Oyog‘idan ushlama.

    Xudo yerga tiqqanning

    Kallasiga mushtlama.

    1. A

      sof fe’l bo‘lishsizlik shaklida kelgan

    2. B

      ikki o‘rinda fe’l inkor shaklida kelgan

    3. C

      sifatdosh aniqlovchi vazifasida kelgan, inkor fe’l qatnashgan

    4. D

      otlashgan sifatdosh qaratqich kelishigi bilan kelgan

    4 балла
  3. Вопрос 3

    Ushbu she’riy parchadagi gapning mazmuniy va grammatik markazi haqidagi to‘g‘ri ma’lumotlarni belgilang.

    – Men yaxshilik qildim-ku senga,

    Nega urding, nedir gunohim?

    – Sendagi bu himmatni nega

    Bergani yo‘q menga Ollohim?

     

    1. Gapda 2 ta murakkab kesim qatnashgan. 2. Murakkab kesimlardan biri sifatdosh bilan ifodalangan. 3. Ega olmosh bilan ifodalangan. 4. Kesim olmosh bilan ifodalangan. 5. Ega ot bilan ifodalangan. 6. Kesim ot bilan ifodalangan.

    1. A

      1, 2, 3, 4, 5, 6

    2. B

      2, 3, 4, 5, 6

    3. C

      2, 4, 6

    4. D

      1, 2, 4

    4 балла
  4. Вопрос 4

    Ushbu she’rdagi o’tgan zamondagi to‘liqsiz fe’llarning soni va ularning qanday ma’noni ifodalashini toping.

    Igna aytar emish insonga,

    Qadrimga yet, ko‘zni och, dermish.

    Kiyim tikdim jumla jahonga,

    O‘zim esa  yalang‘och, dermish.

    1. A

      4 ta, so‘zlovchi o‘zi guvoh bo‘lmagan, eshitilgan xabar

    2. B

      3ta, harakatning takror-takror bajarilishi va davomiylik

    3. C

      3 ta, so‘zlovchi o‘zi guvoh bo‘lmagan, eshitilgan xabar

    4. D

      4ta, harakatning takror-takror bajarilishi va davomiylik

    4 балла
  5. Вопрос 5

    Ushbu misralardagi ma’nodosh va zid ma’noli so‘zlarning gapdagi sintaktik vazifasini toping:

    Jahonning mehri ikkidur: biri sensan, biri oftob,

    Tarozu pallasi ikki: biri yerdur, biri gardun.

    1. A

      barchasi kesim vazifasida

    2. B

      ega va kesim vazifasida

    3. C

      aniqlovchi va kesim vazifasida

    4. D

      ma’nodosh va zid ma’noli so‘z qatnashmagan

    4 балла
  6. Вопрос 6

    “Do‘stlik va adovat” she’ridagi yasama so‘zlar gapda qanday sintaktik vazifa bajargan?

    Adovatdan sira kelmagan boylik,

    Hosil gadolik va qullik bo‘ladi.

    Loy otishgan yovlar ikkov ham loylik,

    Gul tutishgan do‘stlar gullik bo‘ladi.

    1. A

      1 o‘rinda ega, 4 o‘rinda kesim vazifasida kelgan

    2. B

      1 o‘rinda ega, 2 o‘rinda kesim vazifasida kelgan

    3. C

      1 o‘rinda ega, 2 o‘rinda kesim, 2 o‘rinda aniqlovchi vazifasida kelgan

    4. D

      1 o‘rinda ega, 3 o‘rinda kesim, 1 o’rinda aniqlovchi vazifasida kelgan

    4 балла
  7. Вопрос 7

    Ushbu she’riy parchadagi gapning mazmuniy markazini hosil qiluvchi so’zlar qaysi so’z turkumiga mansub?

    Qulluq qil demasman.

    Yurt tuprog‘in o‘p,

    Unga qullar emas, fidolar kerak.

    Uning sen-u mendek shoirlari ko‘p,

    Buyuk elga endi daholar kerak.

    1. A

      olmosh, sifat, ravish

    2. B

      ot, olmosh, sifat

    3. C

      fe’l, modal so’z, ravish

    4. D

      fe’l, ot, ravish

    4 балла
  8. Вопрос 8

    “Keksalik iltijosi” she’rida harakatning belgisini bildiruvchi fe’lning vazifa shakllari necha o‘rinda qo‘llangan?

    Besh mahal duoga qo‘l ochadi chol:

    – Ollohim, oz og‘riq, oson o‘lim ber.

    Aqrabo joniga tegmay jonim ol,

    Yo‘lga qaratmasdan so‘nggi yo‘lim ber.

    1. A

      1

    2. B

      2

    3. C

      3

    4. D

      4

    4 балла
  9. Вопрос 9

    Quyidagi she’rda gap bo‘laklari bilan aloqaga kirishmaydigan qaysi bo‘lak qatnashgan?

    Shogird so‘rdi:

    – Qay biri aziz,

    Do‘stmi yoki qarindosh-jigar?

    Ustoz javob berdi:

    – Shubhasiz,

    Qarindosh! U do‘st bo‘lsa agar.

    1. A

      kiritma gap

    2. B

      undalma

    3. C

      kirish so‘z

    4. D

      undov

    4 балла
  10. Вопрос 10

    Ushbu parchadagi fe’llar qaysi nisbat va maylda?

    Ish buyur, “yo‘q”, desa

    Yolbor, ko‘ndirgin.

    “Xo‘p” deb bajarmasa,

    Urib o‘ldirgin.

    1. A

      aniq va majhul nisbat, buyruq-istak va shart mayli

    2. B

      aniq va orttirma nisbat, buyruq-istak va xabar mayli

    3. C

      aniq va birgalik nisbat, buyruq-istak va xabar mayli

    4. D

      aniq va orttirma nisbat, buyruq-istak va shart mayli

    4 балла
  11. Вопрос 11

    Qaysi qatorda Erkin Vohidovning hazaji musammani solim vazniga mos tushadigan matla’si keltirilgan?

    1. A

      Kelib bog‘ sayridan Erkin g‘azalga to‘lqin izlardim,

      Kirib keldi ikki do‘stim: biri Sayyor, biri To‘lqin..

    2. B

      Tillashibdir bo‘ri birla tozilar,

      Birlashibdir o‘g‘ri birla qozilar.

    3. C

      Muhabbat birla chekkan g‘urbating rohat bilan tengdur.

      Muhabbatsiz va lekin ishrating kulfat bilan tengdur.

    4. D

      Ahli she’r balki kitobim nazmi ishq deb ochadir,

      Yo‘q, kitobim sevgining devoniga debochadir.

    4 балла
  12. Вопрос 12

    Erkin Vohidovning “Aylanur charxi falakning davridek mangu zamon,

    Gohi “kajraftor”u gohi “zolim”u “badxo‘” zamon” matla’li g‘azalida keltirilgan talmehlarni aniqlang:

    1.Xayyom 2.Mirzo Ulug‘bek 3. Bobur 4. Mashrab 5. Furqat

    1. A

      1, 2, 3, 4, 5

    2. B

      1, 2, 3, 4

    3. C

      1, 2, 4

    4. D

      2, 4

    4 балла
  13. Вопрос 13

    Quyidagi baytlarning qaysi biri boshdan oxir irsoli masal san’ati asosida bitilgan g‘azaldan olingan?

    1. A

      Sen-ku Zuhrosan falakda, intizoringman faqat Ne ajab tolpinsa ko‘nglim, yo‘q emish orzuda ayb.

    2. B

      Dilkusho do‘st, dilrabo yor - birla kechgan dam shirin, Do‘st-u yor birlan hayot-u siynayi olam shirin.

    3. C

      Ko‘p nasihat tinglab Erkin qilmadi hech tarki ishq, Bor masalkim, ish yurishmas, sohibi gar bo‘lsa koj.

    4. D

      Ajab, vaslingga men endi yetishganda ko‘rindi moh, Masal borkim, og‘iz oshga, burun toshga tegibdir, voh!

    4 балла
  14. Вопрос 14

    Erkin Vohidovning “Fursating” g‘azalidagi tardi aks san’ati qo‘llangan baytida qanday xulosa ilgari surilgan?

    1. A

      Vaqt hech qachon yetmaydi, ish hech qachon tugamaydi

    2. B

      Shunday zamon keladiki, ish ham, mehnat ham tugaydi, hech qachon u dunyoga ish olib ketishmaydi.

    3. C

      Inson dunyoni mukammallashtirishga urinadi, vaholanki, insonning o‘zi mukammal emas.

    4. D

      Menda borlikning ham, yo‘qlikning ham g‘ami yo‘q, ijod dardi eng katta boyligimdir.

    4 балла
  15. Вопрос 15

    Erkin Vohidovning “Yaxshidir achchiq haqiqat” g‘azalidagi qofiyadosh so‘z sifatida sifatdosh qatnashmagan baytda qanday she’riy san’atlar mavjud?

    Yaxshidir achchiq haqiqat, lek shirin yolg‘on yomon,

    Ul shirin yolg‘onga mendek aldanib qolg‘on yomon.

     

    Umrimiz aldoq jahonda aldanib o‘tgay va lek

    So‘nggi qiynalg‘on yomondir, so‘nggi qiynalg‘on yomon.

     

    Aytgali achchiq azobing bo‘lsa dildosh yaxshidir,

    So‘z demay o‘tli alamni joningga solg‘on yomon.

     

    Jonga solg‘on ham na sozdir, elga so‘ylab men kabi

    Shoiri devonayi ishq nomini olg‘on yomon.

     

    Gar qilich kelsa boshingga, qo‘rqma, Erkin, rostni ayt,

    Yaxshidir achchiq haqiqat, lek shirin yolg‘on yomon.     

    1. A

      tazod, irsoli masal, sifatlash

    2. B

      tazod, sifatlash, tajohili orif

    3. C

      tazod, husni ta’lil, tashxis

    4. D

      tazod, irsoli masal, tashbeh

    4 балла
  16. Вопрос 16

    Gul bo‘ylarini bog‘dan keltirgan ey, shabboda, Dildorga noma yozdim, yetkur uni havoda. Ushbu g‘azalda vazn buzilganmi? Aruz talabiga ko‘ra saktalikka sabab bo‘lgan so‘zni qanday o‘qish kerak?

    1. A

      imola hodisasi orqali

    2. B

      vasla hodisasi orqali

    3. C

      taslim hodisasi orqali

    4. D

      Erkin Vohidov g‘azallarida vazn buzilishi mavjud emas

    4 балла
  17. Вопрос 17

    Aslida kim qarardi yotganda xor surma, Boʻldi aziz koʻziga surtganda yor surma. Ushbu baytda o‘ta cho‘ziq hijo sifatida o‘qilayotgan so‘zlar haqida to‘g‘ri hukmni toping.

    1. A

      Har ikkala so‘z sifatdosh shaklida kelgan

    2. B

      Birinchi va beshinchi ruknlar tarkibida kelgan

    3. C

      Radif bo‘lib kelgan

    4. D

      Qofiyadosh so‘z sifatida kelgan

    4 балла
  18. Вопрос 18

    Gulgun yanog‘ing uzra, bir tomchi yosh ko‘rarman, Kel, birga dardlashaylik, uy-uyda yig‘laguncha. Ushbu g‘azalning nomi va mazkur baytdagi vazn talabi bilan oddiy cho‘ziq hijo kabi aytilgan o‘ta cho‘ziq hijoni toping.

    1. A

      “Dard” – g‘azal nomi, yosh – o‘ta cho‘ziq hijo

    2. B

      “Yosh” – g‘azal nomi, yosh – o‘ta cho‘ziq hijo

    3. C

      “G‘uncha” – g‘azal nomi, dard – o‘ta cho‘ziq hijo

    4. D

      “Dard” – g‘azal nomi, dard – o‘ta cho‘ziq hijo

    4 балла
  19. Вопрос 19

    Kimda iqtidor yo‘qdir, ilm ila hunar zoye, Iqtidor berurman deb chekma ranj, ketar zoye. Ushbu g‘azal vazni to‘g‘ri izohlangan qatorni toping.

    1. A

      Ramali musammani maxbun

    2. B

      Ramali musammani mahzuf

    3. C

      Hazaji musammani axrabi makfufi mahzuf

    4. D

      Hazaji musammani ashtar

    4 балла
  20. Вопрос 20

    Erkin Vohidov qalamiga mansub she’rda quyidagi bo‘shliqlar o‘rnini to‘ldiring:

    ____________(1) dan andak hayiqib,
    Hurmatlaymiz, quloq solamiz.
    __________(2)lar sharhini o‘qib,
    O‘z she’rimiz anglab olamiz.

    1. A

      Ustozlar(1), Munaqqid(2)

    2. B

      She’rshunos(1), Tanqidchi(2)

    3. C

      Tanqidchi(1), She’rshunos(2)

    4. D

      Tanqidchi(1), Munaqqid(2)

    4 балла
  21. Вопрос 21

    “…savol bamisoli menga berilganday, savodimiz shu ahvolda, siz adiblar, ustoz murabbiylar nima qilyapsizlar degan xitobday tuyuldi. Bu ham kuladigan, ham kuyadigan vaziyat”. Erkin Vohidovning kuyunchaklik bilan bildirgan yuqoridagi fikrlari bitilgan maqolaning nomini toping.

    1. A

      “Nima qilyapsiz?”

    2. B

      “Tilim – dilim kaliti”

    3. C

      “So‘z latofati”

    4. D

      “Maqvos”

    4 балла
  22. Вопрос 22

    Erkin Vohidovning “Topishmoq” she’ridagi kulgining manbayi nima?

    Topishmoq aytadi menga nabiram:

    – “K” dan boshlanadi, har uyda bor, – der, –

    Sodda ish asbobi...

    Men, ketmon, desam,

    Nabiram kuladi: – Yo‘q, bu – kompyuter!

    1. A

      Nabiraning topishmoqni noto‘g‘ri tuzib qo‘ygani hajv manbayi

    2. B

      Avlodlar tasavvuridagi farq: biri uchun “sodda asbob” – ketmon, biri uchun – kompyuter

    3. C

      Boboning kompyuterdan foydalana olmasligi ustidan ochiq hajv qilingani kulgu uyg‘otgan

    4. D

      Ketmonning endi hech bir uyda qolmaganidan chekilgan afsus va satira

    4 балла
  23. Вопрос 23

    Erkin Vohidovning “Karashma” she’rining yetakchi badiiy usulini toping?

    1. A

      qiz so‘zlarini teskari ma’noda talqin etish (kinoya)

    2. B

      tarixiy voqea va shaxslarga ishora (talmeh)

    3. C

      qiz go‘zalligini mubolag‘a bilan madh etish (tashbeh)

    4. D

      aytilgan fikrdan qaytib, uni kuchaytirish (ruju’)

    4 балла
  24. Вопрос 24

    Erkin Vohidovning “Bir nihol” she’ridagi nihol, gul, suv, bog’ kabi timsollarni shoir ularga bergan ramziy nomlar bilan moslang.

    1) nihol   2) gul   3) suv   4) bog‘

    a) Mehr;   b) Vatan;   c) Yaxshilik;   d) Go‘zallik

    1. A

      1-c, 2-d, 3-a, 4-b

    2. B

      1-d, 2-c, 3-a, 4-b

    3. C

      1-c, 2-a, 3-d, 4-b

    4. D

      1-c, 2-d, 3-b, 4-a

    4 балла
  25. Вопрос 25

    Erkin Vohidovning aforistik she’riyati to‘g‘risida bildirilgan quyidagi fikrlar muallifi kim?

    “Erkin Vohidov asarlarida aforistik so‘zlar, iboralar va yaxlit she’rlar asarning bosh g‘oyasi va bosh mavzusidan tug‘iladi, ular bilan birga uyg‘un va mutanosib tarzda, soddaroq aytganda, tabiiy yuzaga chiqadi, asarning oltin mag‘zini belgilaydi. Aforizm aytishda Erkin Vohidov hech qachon atayinlikdan kelib chiqqan emas.”

    1. A

      Abdulla Oripov

    2. B

      Bahodir Karim

    3. C

      Ibrohim G‘afurov

    4. D

      Umarali Normatov

    4 балла