Перейти к основному содержанию
TASIMO Olympiads

Материалы · Для учителей

“E Voh — 2025” o‘zbek tili va adabiyoti olimpiadasiМатериалы 2-го этапа

Экзамен завершён: вопросы открыты вместе с правильными ответами. Проверьте свои знания.
  • 2-й этап · Очно
  • 30 вопросов

Вопросы онлайн-теста

Экзамен завершён — вопросы открыты вместе с правильными ответами. Сначала попробуйте решить сами, затем проверьте ответы.

Вопросы
30
Всего баллов
60
Время
60 минут
Дата экзамена
19 октября 2025 г.12:00 по ташкентскому времени

Вопросы представлены на узбекском языке.

Открыто ответов: 0 из 30

  1. Вопрос 1

    Ular oriq qo‘ylarni parvarishiga alohida e’tibor bermayotirlar. Ushbu gapda qanday uslubiy xato mavjud?
    1. A
      So‘z qo‘llash bilan bog‘liq xato
    2. B
      Kelishik qo‘shimchasi bilan bog‘liq xato
    3. C
      Ko‘plik qo‘shimchalari bilan bog‘liq xato
    4. D
      Imlo bilan bog‘liq xato
    2 балла
  2. Вопрос 2

    Turli katta-kichik marosimlar: bayramlar, tug‘ilgan kunlar, to‘ylar bilan bir qatorda, do‘stona yig‘inlar ham bu munosabatlarni tobora mustahkamlab turuvchi vositadir. Berilgan gapdagi yasama so‘zlarning yasalish asosi qaysi so‘z turkumlari hisoblanadi?
    1. A
      Ot, sifat, fe’l
    2. B
      Ot, sifat
    3. C
      Ot, ravish, fe’l
    4. D
      Ot, fe’l
    2 балла
  3. Вопрос 3

    Egalik shakllari bilan qo‘llana olmaydigan olmosh turi qaysi bandda boshqaruvli birikma hosil qilgan?
    1. A
      O‘zligini unutgan insonning kelajagi ham unutilgan.
    2. B
      Kattalarni sensiramay, balki doim sizlab murojaat qilish odobning go‘zal namunasi hisoblanadi.
    3. C
      Shu maftunkor go‘shada siz-la baxtli o‘tgan dam.
    4. D
      Allakim nimanidir qayerdadir qachonlardir isbotlagan.
    2 балла
  4. Вопрос 4

    Qaysi gaplarda tire o‘zaro bir xil punktuatsion qoida asosida qo‘yilgan? 1. Negadir o‘z noroziligini keskin ifodaladi: "Soni bor − sifati yo‘q". 2. Biroz o‘ylanib javob berdi: "Islohotlardan maqsad − sifatli ta’lim". 3. "Avvalo, Vatan muqaddas sajdagohdir", − derdi adabiyot ustozimiz. 4. Insonning qattiqqo‘l ustozi − hayot, aqlli tarbiyachisi esa kitobdir. 5. Til, adabiyot va madaniyat − barchasi millatning borligidan dalolatdir. 6. Rassom inson ruhiyatini − uning qalbini o‘z ijodida aks ettiradi.
    1. A
      2 va 3
    2. B
      1 va 2
    3. C
      5 va 6
    4. D
      2 va 4
    2 балла
  5. Вопрос 5

    Qaysi gapda ochiq so‘zi o‘z ma’nosida qo‘llangan?
    1. A
      Nafisa o‘z fikrlarini ko‘pchilik oldida ham ochiq ifoda qila olardi.
    2. B
      Yig‘ilishda aytilgan anchagina muammolar ochiq qoldi.
    3. C
      Haftaning dushanba kuni ochiq eshiklar kuni deb e’lon qilindi.
    4. D
      Ismat ota ochiq derazadan boshini chiqarib, o‘g‘lini chaqirdi.
    2 балла
  6. Вопрос 6

    Berilgan gap haqidagi to‘g‘ri fikrni aniqlang. Xalqimizning asrlar davomida shakllangan qadimiy madaniyati va qadriyatlarini asrab qolishimiz uchun yosh avlodni milliy ruhda tarbiya qilishimiz lozim.
    1. A
      Ravish holi ot kesimga to‘g‘ridan to‘g‘ri tobelangan.
    2. B
      Payt holi fe’l kesimga to‘g‘ridan to‘g‘ri tobelangan.
    3. C
      Maqsad holi vositasiz to‘ldiruvchiga tobelangan.
    4. D
      To‘ldiruvchi aniqlovchiga kelishik yordamida tobelangan.
    2 балла
  7. Вопрос 7

    Qaysi gapda tire tinish belgisi tushirib qoldirilgan?
    1. A
      Na qor, na yomg‘ir, na to‘fon va na bo‘ron hech narsa dovyuraklarni qo‘rqita olmadi.
    2. B
      Shunday odamlar borki kelajakni oldindan bashorat qila oladilar.
    3. C
      Mening opam ham tajribali shifokor.
    4. D
      Ehtimol, sizda ham shunday hollar bo‘lgandir tun yarmidan og‘ganda birdan uyg‘onib ketasiz.
    2 балла
  8. Вопрос 8

    Istadim sayr aylamoqni men g‘azal bo‘stonida, Kulmangiz ne bor senga deb, Mir Alisher yonida (E.Vohidov). Ushbu she’riy parchada so‘zlarning mazmun va grammatik jihatdan bog‘lanishi to‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni aniqlang.
    1. A
      Sayr aylamoqni istamoq, g‘azal bo‘stoni
    2. B
      G‘azal istamoq, sayr aylamoq
    3. C
      G‘azal bo‘stoni, kulmoq istamoq
    4. D
      Men istadim, senga kulmoq
    2 балла
  9. Вопрос 9

    Ey munaqqid, sen g‘azalni ko‘hna deb kamsitmagil, Sevgi ham Odam Atodan qolgan inson qonida. Ushbu she’riy parchada shaxs otlarining sintaktik vazifasi to‘g‘ri berilgan qatorni toping: 1.undalma. 2.aniqlovchi. 3.to‘ldiruvchi. 4.ega.
    1. A
      1, 2 va 3
    2. B
      1, 2 va 4
    3. C
      1 va 2
    4. D
      2 va 3
    2 балла
  10. Вопрос 10

    Mamlakat...(1) kichik bir qismi bo‘lgan oila...(2) tinchligi...(3) asraylik. Mazkur gapda raqamlar bilan belgilangan ko‘p nuqtalar o‘rnida adabiy til me’yorlariga ko‘ra qaysi kelishik qo‘shimchalari qo‘llaniladi?
    1. A
      1, 3 – tushum; 2 – qaratqich
    2. B
      1, 2 – qaratqich; 3 – tushum
    3. C
      1, 2 – tushum; 3 – qaratqich
    4. D
      1 – qaratqich; 2, 3 – tushum
    2 балла
  11. Вопрос 11

    Tobe qismi sodda yasama fe’l bilan ifodalangan otli birikma qatnashgan gapni aniqlang.
    1. A
      Sportchimiz og‘ir jarohatlangani tufayli keyingi musobaqalarga kela olmadi.
    2. B
      Mashhur shoirlarimizning hayoti va ijodini o‘rganish asosiy vazifamizdir.
    3. C
      Dalada rohatlanayotgan bolakaylarga havas bilan boqdi.
    4. D
      Uning qo‘ng‘iroq sochlariga tegishib o‘tgan o‘ynoqi shabada husniga husn qo‘shar edi.
    2 балла
  12. Вопрос 12

    Ardoqli ijodkorning so‘z san’ati va el-yurt oldidagi xizmatlari inobatga olinib, davlatimiz rahbarining 2016-yil 7-dekabrdagi qarori bilan Erkin Vohidov tavalludining 80 yilligi mamlakatimizda keng nishonlandi. Ushbu gapdagi sodda yasama so‘zlar haqidagi noto‘g‘ri hukmni toping.
    1. A
      Sodda yasama so‘z gapda ega vazifasida kelgan.
    2. B
      Sodda yasama so‘z gapda kesim vazifasini bajargan.
    3. C
      Sodda yasama so‘z murakkab kesimga bevosita tobelangan
    4. D
      2 ta o‘rinda sodda yasama so‘z sodda yasama so‘zga tobelangan.
    2 балла
  13. Вопрос 13

    Nigorim chashmi ikkidur: biri yag‘mo, biri jodu, Bu jodudin iki ko‘zim biri Sayhun, biri Jayhun. Erkin Vohidovning ushbu baytida Jayhun va Sayhun so‘zlarining izohi to‘g‘ri berilgan qatorni toping. 1. Jayhun – Sirdaryo, Sayhun – Amudaryo. 2. Har ikkisi gidronim hisoblanadi. 3. Jayhun – Amudaryo, Sayhun – Sirdaryo. 4. Atoqli ot bo‘lgani sababli bosh harfda berilgan. 5. Har ikkisi zoonim hisoblanadi.
    1. A
      1, 3, 4
    2. B
      2, 3, 4
    3. C
      1, 4, 5
    4. D
      2, 3, 5
    2 балла
  14. Вопрос 14

    Sobit-ul sayyorada inson o‘zing, inson o‘zing, Mulki olam ichra bir xoqon o‘zing, sulton o‘zing. Ushbu she’riy parchadagi shaxs otlari haqida keltirilgan to‘g‘ri hukmlarni toping. 1.Shaxs otlari ega bo‘lib kelgan. 2. Shaxs otlari kesim bo‘lib kelgan. 3. Shaxs otlari qofiyadosh so‘z bo‘lib kelgan. 4. Shaxs otlari bir-biriga tobelangan.
    1. A
      1, 2 va 3
    2. B
      1, 2 va 4
    3. C
      1 va 3
    4. D
      2 va 4
    2 балла
  15. Вопрос 15

    To tirikdirki tabiat, To quyosh sochgayki nur, Uch egiz bordir tushuncha, Uch bu so‘z yondosh bo‘lur: Mohir-u mehr-u mahorat, Olim-u ilm-u amal, Oshiq-u ishq-u mashaqqat, Shoir-u she'r-u shuur. Erkin Vohidovning ushbu she’rida ikkinchi banddagi so‘zlarning nechtasi arab tilidan o‘zlashgan so‘z hisoblanadi?
    1. A
      12 tasi
    2. B
      10 tasi
    3. C
      9 tasi
    4. D
      11 tasi
    2 балла
  16. Вопрос 16

    “Bolang bo‘lmasa – bir balo, bolangdan bola bo‘lmasa, yana bir balo”. Ushbu parcha qaysi asardan olingan?
    1. A
      “Oq kema” (Chingiz Aytmatov)
    2. B
      “Oydinda yurgan odamlar” (Tog‘ay Murod)
    3. C
      “Qorako‘z Majnun” (Said Ahmad)
    4. D
      “Muqaddas” (Odil Yoqubov)
    2 балла
  17. Вопрос 17

    Bas, yetar yolg‘on saodat, yolg‘on erk, yolg‘on Vatan, Hurriyat zavqini chin surmoqni istaydir ko‘ngil. O‘tgan asrning 90-yillarida yozilgan ushbu she’rning muallifi va nomi to‘g‘ri berilgan qatorni toping.
    1. A
      Abdulla Oripov “Yolg‘on saodat”
    2. B
      Erkin Vohidov “Vatan istagi”
    3. C
      Abdulla Oripov “Hakim va ajal”
    4. D
      Erkin Vohidov “Yaxshidir achchiq haqiqat”
    2 балла
  18. Вопрос 18

    Erkin Vohidovning “So‘z latofati” asarida quyidagi bayt keltirilgan: Bir dilovardur ko‘ngulki, g‘am sipohi qalbida, Ohi novak, toza dog‘idur qizil qalqon anga. Baytda qo‘llangan dilovar so‘zning ma’nosini belgilang.
    1. A
      Jasur, qo‘rqmas
    2. B
      Dil xushlovchi
    3. C
      Dil og‘diruvchi
    4. D
      Dil, qalb o‘g‘risi
    2 балла
  19. Вопрос 19

    Erkin Vohidovning 1991-yilda yozilgan quyidagi she’ri bag‘ishlangan obyektni toping: Sen ey umrim nahoridan Azizu oshino menga, Sahar cho‘lponidek jozib Sochibdirsan ziyo menga.
    1. A
      Vatan
    2. B
      Turmush o‘rtog‘i
    3. C
      She’riyat
    4. D
      Muhabbat
    2 балла
  20. Вопрос 20

    Erkin Vohidov “She’r yozilganda” she’rida nozirlar va ularning qattol so‘zidan qo‘rqmasam ham, bir insonning nigohidan qo‘rqishini yozadi. O‘sha insonni belgilang.
    1. A
      Hazrat Navoiy
    2. B
      Ozod Sharafiddinov
    3. C
      G‘afur G‘ulom
    4. D
      Abdulla Qahhor
    2 балла
  21. Вопрос 21

    Tutdim o‘lmakdin tirilmak, hajrida tengdir manga, Emdi gar bergil ziloli Xizr, agar jallod bo‘l. Hazrat Navoiyning ushbu baytida berilgan ziloli Xizr birikmasida ko‘zda tutilgan motiv bilan bog’liq rivoyat Erkin Vohidovning qaysi asarida uchraydi?
    1. A
      “Yoshlik devoni”
    2. B
      “Palatkada yozilgan doston”
    3. C
      “Ruhlar isyoni”
    4. D
      “Orzu chashmasi”
    2 балла
  22. Вопрос 22

    Erkin Vohidov tomonidan Ahmad al-Farg‘oniyning 1200 yillik yubileyiga bag‘ishlab yozilgan bayram ssenariysida qaysi tarixiy shaxs o‘zining 700 yoshdaligini, Rumo yurtidan ekanligini, Farg‘oniy nomini she’rlarida doston qilganligini aytadi?
    1. A
      Dante
    2. B
      Kolumb
    3. C
      Regiomantan
    4. D
      Ptolomey
    2 балла
  23. Вопрос 23

    Erkin Vohidovning “Ruhlar isyoni” dostoni bosh qahramoni Nazrul Islomga quyidagi gaplarni kim aytgan: “Quloq solgin so‘zimga. Adolat deb bitdimu she’r, Mil tortdilar ko‘zimga”.
    1. A
      Nasimiy
    2. B
      Mansur Xalloj
    3. C
      Rudakiy
    4. D
      Lermontov
    2 балла
  24. Вопрос 24

    Erkin Vohidovning “So‘z latofati” asarida keltirilishicha, “muxbir” so‘zi qaysi tilda “ayg‘oqchi”, “josus” ma’nolarini anglatadi?
    1. A
      Hind
    2. B
      Fors
    3. C
      Pushtu
    4. D
      Urdu
    2 балла
  25. Вопрос 25

    Hazrat Alisher Navoiyning Shah yonin farzin kibi kajlar maqom etmish ne tong, Rostravlar arsadin gar tutsalar ruhdek qiroq baytidagi arsa so‘zining ma’nosi nima?
    1. A
      Qirg‘oq
    2. B
      Maydon
    3. C
      Orqa
    4. D
      Yuqori
    2 балла
  26. Вопрос 26

    Erkin Vohidovning qaysi kitobiga faqat aruzda yozilgan she’rlari kiritilgan?
    1. A
      “Muhabbatnoma”
    2. B
      “Sadoqatnoma”
    3. C
      “Yoshlik devoni”
    4. D
      “She’r dunyosi”
    2 балла
  27. Вопрос 27

    Termulib shabnamli yaproq ostidan pinhon uzum, Lablaringga yetmoq istab tong sahar giryon uzum. Erkin Vohidovning ushbu bayti haqida bildirilgan to‘g‘ri hukmlarni toping. 1. Baytda tashxis san’atidan foydalanilgan. 2. Bayt vazni: hazaji musammani mahzuf. 3. Bayt vazni: ramali musammani mahzuf. 4. Baytda muqayyad qofiya qo‘llangan. 5. Baytda mutlaq qofiya qo‘llangan.
    1. A
      1,3,5
    2. B
      1,2,5
    3. C
      1,3,4
    4. D
      1,2,4
    2 балла
  28. Вопрос 28

    Gul bo‘ylarini bog‘dan keltirgan ey, shaboda, Dildorga noma yozdim, yetkur uni havoda. Erkin Vohidov g‘azalidan olingan ushbu parchaning vaznini aniqlang.
    1. A
      Hazaji musammani axrab
    2. B
      Muzore’i musammani axrab
    3. C
      Ramali musaddasi mahzuf
    4. D
      Mujtassi musammani maxbun
    2 балла
  29. Вопрос 29

    Kulib yurgay edim bir vaqt o‘qib Majnun jununidan, Degaylar, o‘zgadan kulma o‘zingdan bo‘lmayin ogoh. Erkin Vohidovning ushbu satrlarida qanday badiiy san’at qo‘llangan? 1. Tashbeh. 2. Tashxis. 3. Talmeh. 4. Tarde aks. 5. Irsoli masal. 6. Ishtiqoq.
    1. A
      1,3,6
    2. B
      3,5,6
    3. C
      1,4,5
    4. D
      1,2,3
    2 балла
  30. Вопрос 30

    Firoq tog‘ida topilsa, tufrog‘im, ey charx, Xamir etib yana ul tog‘da ko‘hkan qilg‘il. Alisher Navoiyning ushbu baytida nazarda tutilgan shaxs nomi bilan bog‘liq talmeh Erkin Vohidovning qaysi baytida keltirilgan?
    1. A
      Lahzaye hijron yukiga Bistun ukparchadir, Bu qadoqlik toshcha kelmas yer bila osmon yuki.
    2. B
      Tirilsa nogahon Farhod, yuzingni ko‘rsa ko‘zguda, Kechib Shirinidan yuz yil ko‘yingda darbadar bo‘lg‘ay.
    3. C
      Kulib yurgay edim bir vaqt o‘qib Majnun jununidan, Degaylar, o‘zgadan kulma o‘zingdan bo‘lmayin ogoh.
    4. D
      Qilmadim bir bor o‘shal gul yuzli zebo birla sayr, Qonmagay dil, aylasam ming bitta Laylo birla sayr.
    2 балла

Ещё материалы

Другие материалы этой олимпиады